Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi raisi D. Ulug'boyeva boshchiligida Kotibiyat mudiri B. Xamrayev hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida ishchi yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida kotibiyatning joriy ish faoliyati, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish, navbatdagi sessiyaga puxta tayyorgarlik ko'rish, doimiy komissiyalarda ko'rib chiqiladigan masalalar, shuningdek, hisobot beruvchi tashkilotlar faoliyatini joyiga chiqib o'rganish va hisobotlarni sifatli tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |
📹 Youtube