Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҚОРАПОЛВОН–РАДИВОН КЎПРИГИНИ ҚАЙТА ҚУРИШ ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ — ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЧИҚИНДИ МУАММОЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛА: РЕПРОДУКТИВ САЛОМАТЛИКНИ САҚЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАРГА КЎРСАТИЛАЁТГАН ХИЗМАТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati A.Hakimov tomonidan tumandagi 15-Oqsoy saylov okrugida joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mazkur oilaviy poliklinikada ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Ushbu holat tibbiyot muassasasining samarali faoliyati va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Aniqlangan muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mas'ul tashkilotlarga ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va muammoni amaliy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4