Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҚОРАПОЛВОН–РАДИВОН КЎПРИГИНИ ҚАЙТА ҚУРИШ ЛОЙИҲАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ — ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР ФАОЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЧИҚИНДИ МУАММОЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛА: РЕПРОДУКТИВ САЛОМАТЛИКНИ САҚЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАРГА КЎРСАТИЛАЁТГАН ХИЗМАТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИНГ МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНДИ
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
📘 “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi

📍 Mahallalarda aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimini tizimli nazorat qilish hamda har bir murojaat bilan individual ishlash maqsadida “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyotini joriy etish muhimligi alohida qayd etildi. Mazkur tashabbus fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish va deputatlik nazoratini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📎 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 4-Universitet saylov okrugi deputati Anvarxon Aminov tomonidan Deputat daftarida belgilangan tavsiyalar ijrosi yuzasidan "Orzu" MFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

✍️ Xususan, yer ostidan o‘tgan elektr kabelini ta’mirlash ishlari, hududdagi yoritish tizimini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

📝 Shuningdek, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, buzilishi belgilangan savdo shoxobchalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganilib, mas'ullarga amaldagi qonunchilik asosida tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.
Slide 1 of 7