Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tumandan biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda Nurbuloq mahallasida olib borilayotgan ichki yo‘llarni obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarda amalga oshirilayotgan ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish me'yorlariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas'ul tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan mavjud holatni yanada takomillashtirish, bajarilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazorati muntazam ravishda olib borilmoqda.

Slide 1 of 5