Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT HAMKORLIGI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish hamda huquqiy ma’rifatni yuksaltirish yo‘nalishida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.Unda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li hamda Parkent tumani “Madad” NNT byurosi bosh mutaxassisi Baxtiyor Umarbekov ishtirok etdi. Muloqot davomida memorandum ijrosini samarali tashkil etish, mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda aholiga sifatli va tezkor yuridik xizmatlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek,mahalliy Kengash qarorlarini tayyorlashda huquqiy ko‘makni kuchaytirish,deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlarining huquqiy bilim hamda malakasini
oshirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshiriladigan hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida aholi uchun sayyor huquqiy qabullar tashkil etish, deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida “Madad” NNT vakillarining ishtirokini ta’minlash, seminar va o‘quvlar o‘tkazish, shuningdek, mahalliy Kengash hamda uning doimiy komissiyalarining nazorat vakolatlarini samarali amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
  

Slide 1 of 3