Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Umumta’lim maktabi stadioni holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabining stadioni holati mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi U.Quttibekov ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, mahalla aholisi, faol yoshlar, tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar birlashtirilib, homiylik mablag‘lari hisobidan maktab stadioni hududiga sifatli chim yotqizilgan hamda sug‘orish tizimi tortilgan.

🔺Mazkur tashabbus sport infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ommaviy sportga keng jalb etishga xizmat qilmoqda.Shu bilan birga, hozirda stadiondan kechki vaqtlarda ham samarali foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida uni zamonaviy yoritish tizimi bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

🔺O‘rganish yakunida Kengash raisi mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, yoritish tizimini yaratish, o‘rindiqlar sonini ko‘paytirish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflarni bildirdi.

Slide 1 of 3