Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati B.Suyunovlar tomonidan Birlik mahallasidagi madaniyat saroyining badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida madaniyat saroyi kutubxona fondida mavjud badiiy adabiyotlar, ularning sifati, kitobxonlar ehtiyojlariga mosligi hamda aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ta’kidlanganidek, kitob mutolaasi yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois madaniyat muassasalarida zamonaviy va mazmunli badiiy adabiyotlar zaxirasini boyitib borish, kitobxonlar talabidan kelib chiqqan holda yangi nashrlar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘rganish jarayonida mavjud kitob fondining holati ko‘rib chiqilib, kitobxonlar qiziqishini oshirish, kutubxona faoliyatini yana-da takomillashtirish va badiiy adabiyotlar turini kengaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
O‘rganish yakunida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, madaniyat saroyining kutubxona fondini yangi va sifatli badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1