Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Fuqarolar murojaatlari va muammolari deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida aholi bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati, aholi bandligi, ichimlik suvi ta’minoti hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar mahallaning ijtimoiy hayotini yana-da yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga murojaatlar kiritish va deputatlik nazoratini kuchaytirish belgilandi.
Uchrashuv yakunida aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2