Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbir

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tashabbusi bilan Navro‘z mahallasida xotin-qizlarning ijtimoiy va ruhiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash maqsadida ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda MMTB tasarrufidagi 12-umumta’lim maktabi psixologi Mohira Hamidova tomonidan "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot va psixologik suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilarga oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ruhiy barqarorlikni ta’minlash, stress holatlarini boshqarish, o‘z imkoniyatlariga ishonchni mustahkamlash hamda ijobiy hayotiy qarashlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan zarur psixologik maslahatlar taqdim etildi. Tadbir davomida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashda psixologik ko‘mak muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholanib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda kelgusida psixologik xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Slide 1 of 4