35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Fazogir mahallasida tashkil etilayotgan oilaviy bog‘chaning tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyevalar Fazogir mahallasida joylashgan Shahrixon ko‘chasi, 18-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro To‘raqulova Xafizaxon tomonidan tashkil etilayotgan oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldilar. Tashrif davomida oilaviy bog‘chada amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda muassasaning faoliyat boshlashga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda ichki ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda va muassasa yaqin vaqtlarda tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga tayyorlanmoqda. Xususan, bog‘chaning yotoqxonasi va ovqatlanish xonasida ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, jihozlash ishlari ham reja asosida davom ettirilmoqda. Muassasa xonalari bolalarning xavfsizligi, sog‘lom o‘sishi va sifatli tarbiya olishi uchun belgilangan talablar asosida tayyorlanmoqda. Fazogir mahallasida hozirgi vaqtga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi sababli mazkur oilaviy bog‘chaning ishga tushirilishi mahalla aholisi, ayniqsa yosh farzandli oilalar tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda. Yangi muassasa mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratish hamda ota-onalarga qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, barcha sanitariya-gigiena va yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, rejaga muvofiq, oilaviy bog‘cha yaqin bir oy ichida to‘liq ishga tushirilib, mahalla bolajonlariga o‘z eshiklarini ochadi. 

Slide 1 of 4