35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi

📋 Mahalladagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarning faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

🔍 Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida hal etish va hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.