35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Suv ta’minoti sohasida qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan "Qashqadaryo suv ta’minoti" MChJ Dehqonobod tumani filialida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi 837-XII-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash borasida filial tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv ta’minoti infratuzilmasining holati, tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda sohaga oid dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, "Qashqadaryo suv ta’minoti" MChJ Dehqonobod tumani filiali boshlig‘i S. Allanazarov tomonidan qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javoblar olinib, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan hududlarda qonunlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish va parlament nazoratini samarali amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2