35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi yigirma oltinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan "Dehqonobod tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida"gi masala atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamadan avval doimiy komissiya a’zolari tomonidan ushbu masala yuzasidan joylarga chiqib sessiya oldi o‘rganish ishlari amalga oshirilgani, xususan, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika inspektorlari faoliyati hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilgani ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

Doimiy komissiya tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar sessiyada ko‘rib chiqilib, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 2