35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Maktab kutubxonasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘. Xo‘jamqulov, 17-Ayridevol saylov okrugidan saylangan deputat B. Mengliyev, tuman Kengashi deputatlari N. Bozorov va D. Hayitova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T. Mardonov va B. Panjiyev tomonidan Ayridevol mahallasida joylashgan 34-maktab kutubxonasining faoliyati hamda moddiy-texnik ta’minoti o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxona fondi, kitoblarning saqlanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Maktab direktori tomonidan ayni vaqtda kutubxona fondida ayrim badiiy adabiyotlar yetishmasligi, bu esa o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masala yuzasidan amaliy tashabbus ilgari surildi. Xususan, 17-Ayridevol saylov okrugidan saylangan deputat B. Mengliyev tomonidan maktab kutubxonasini boyitish maqsadida 100 ta badiiy kitoblar to‘plamini olib berish tashabbusi bildirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kutubxona fondini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5