35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
1-Dehqonobod saylov okrugi deputati G‘. Boysariyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Mardonov tomonidan Dehqonobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tadbirlar holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar muhokama qilinib, mahalla darajasida ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganishlar davomida yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning bandligini oshirish va ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3