35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Partiya bilan hamkorlik

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri G‘. Xo‘jamqulov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Abdirayimov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Mardonov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dehqonobod tuman Kengashi raisi A. Xolov Oqrobot mahallasi xodimlari bilan hamkorlikda Oqrobot mahallasi binosida uchrashuv va davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarda sanitariya va ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va olib chiqish, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududlarida tozalikni saqlash, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, daraxt va butalarni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda fuqarolarning ekologik mas’uliyatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligi va qulay yashash muhitini ta’minlashda davlat organlari, jamoatchilik hamda siyosiy partiyalar hamkorligining muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida mahalla hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1