35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan S.Abdulla mahalla fuqarolar yig‘inida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar” masalasi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Ziyavutdinov hamda profilaktika inspektori Sh.Tulqinov ishtirok etib, mahalla hududidagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish davomida mahallada jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, "mahalla yettiligi" hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2