35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Urganch tumanidagi eng dolzarb muammolar yuzasidan DEPUTAT SO‘ROVILARI CHIQARILDI!

 🏅Xalq deputatlari Kengashi deputati K.Igambergenov tomonidan aholi murojaatlari va joylardagi o‘rganishlar asosida eng dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha viloyatning mutasaddi tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Muammolar va chiqarilgan so‘rovlar qisqacha:

⚡️ Elektr ta’minoti: “Shermatlar” (Mirishkorlar ko‘chasi) va “Beshayvon” (Mehrnuri, Zamaxshariy ko‘chalari) mahallalarida o‘rnatilgan, ammo tarmoqqa ulanmay yotgan yangi transformatorlarni zudlik bilan ishga tushirish;

🚌 Jamoat transporti: “Shermatlar” mahallasidan 3-sonli avtobus yo‘nalishini o‘tkazish hamda “O‘rta do‘rman” mahallasidan Urganch dehqon bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi transport qatnovini yo‘lga qo‘yish;

💧 Ichimlik suvi va irrigatsiya: “Chakka ko‘li”da quvurlardagi og‘ir avariya holatini bartaraf etish, “Anjirchilar”da ko‘milib ketgan zaxkashni qayta qazish hamda “O‘rta do‘rman”dagi 77 ta dehqon lotlariga suv yetkazish;

🌳 Ijtimoiy joy: “Chakka ko‘li” mahallasida aholi homiylik bilan qurmoqchi bo‘lgan “Ona va bolalar maskani” uchun bo‘sh yer maydoni ajratish.

✅ Har bir murojaat ortida inson qadri va aholining haqli manfaatlari turibdi. Jarayon qat’iy nazorat ostida!