35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida hududlarda tizimli o‘rganish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlar doirasida deputatlarga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar, mas’ul tashkilotlar faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar muntazam ravishda o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilinmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida deputat O. Allaberdiyevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E. Eshonqulov "Saroy" mahallasida bo‘lib, mahallaga biriktirilgan soliq xodimining faoliyatini joyida o‘rgandi. O‘rganish davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ularni faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, soliq bazasini kengaytirish, aholi hamda tadbirkorlar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari, murojaatlar bilan ishlash holati va belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. O‘rganish natijalari deputatlik nazorati doirasida umumlashtirilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Mahallalarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1