35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 26-Jondor saylov okrugidan saylangan deputat L.Ergasheva tashabbusi bilan 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Jondor tumanida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
➡️Tadbirda davlat ramzlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy qadriyatlarini ifoda etishdagi o‘rni, Davlat gerbining yaratilish tarixi hamda uning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Qatnashchilarga Davlat gerbi har bir fuqaroda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
➡️Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida davlat ramzlariga hurmat ruhini yanada kuchaytirish, ularning huquqiy va siyosiy ongini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
➡️Tadbir ishtirokchilari Davlat gerbiga ehtirom ko‘rsatish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini ta’kidlab, mamlakatimiz taraqqiyoti va yurtimiz tinchligi yo‘lida birdamlik va fidoyilik bilan mehnat qilishga chaqirdilar.
➡️Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir davlat ramzlarining qadr-qimmatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 5