Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Mahalliy Kengashlarning mahalla bilan hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlarning mahalla bilan hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

🏛 Oliy Majlis Senatida “Mahalla – islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📝 Davra suhbatida mamlakatimizda mahalla institutini yanada rivojlantirish, aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal etish, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda mahalliy Kengashlar hamda “mahalla yettiligi”ning oʻrni va ahamiyati xususida fikr yuritildi.

📉 Bugungi kunda mahalla aholi bilan davlat oʻrtasidagi eng muhim koʻprik vazifasini bajarib, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔺 Ayniqsa, “mahalla yettiligi” mexanizmi joriy etilgani mahallalarda muammolarni kompleks yondashuv asosida hal qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.

🗣 Muloqot davomida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi

📁 Davra suhbati yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va jamoat institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7