Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi VM-495-son qarori asosida ajratilgan drayver loyiha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

#24_ta_masala

Hudud infratuzilmasini yaxshilash ishlari nazoratda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Payariq tumani hokimi Sh.Xudayberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi VM-495-son qarori asosida ajratilgan drayver loyiha mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, tumandagi Mirzo Ulug‘bek va Turkibola mahallalari hududidan o‘tuvchi, aholi gavjum qatnovi kuzatiladigan 4K409 hamda 4K500 avtomobil yo‘llari atrofida zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur mahallalar hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘ylab qurilayotgan 3 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasining bugungi holati o‘rganildi.

Shuningdek, qurilish jarayonlarida sifat talablariga qat’iy rioya etish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va aholining turmush sifatini yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 4