Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati R.Jo‘rayeva shahardagi Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Shuningdek, muassasaning faoliyatiga oid tegishli hujjatlar, hisobotlar, murojaatlar bilan ishlash holati, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini aks ettiruvchi ma’lumotlar bilan tanishilib, ularning yuritilishi tahlil qilindi.

Tibbiyot muassasasida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 4