Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat mahalladagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli Amir Temur mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuv davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mahalladagi ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Mahalla yettiligi tomonidan hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari va takliflari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Deputat tomonidan mazkur masalalarni o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimlarini topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✍️Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida mahallalarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

✔️Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ishlash, masalalarni deputatlik nazoratiga olish hamda ularning ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borishga kelishib olindi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3