Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
#24_ta_masala Deputatlik nazorati natijasi: “Polvon ota” qabristonida ta’mirlash ishlari yakunlandi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida “To‘por” mahallasi hududida joylashgan “Polvon ota” qabristonining ta’mirtalab holatga kelgan devor-to‘siqlarini tiklash ishlari amalga oshirildi.

Bajarilgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan qabriston hududida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida avval aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani, devor-to‘siqlarning ta’mirlanib, hududning obodonlashtirish holati yaxshilangani qayd etildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida qabriston hududining ko‘rkamligi va sanitariya holatini yaxshilashga erishildi.

Fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlari asosida hududlarda mavjud muammolarni hal etish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan olib borilgan ishlar deputatlik nazoratining amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4