Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
🎓 Bitiruvchilar bandligi – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Xolmurzaev Guliston mahallasida joylashgan 7-son umumta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida maktab bitiruvchilarining kelgusidagi ta’lim va mehnat faoliyati, ularning kasb-hunarga yo‘naltirilishi hamda ish bilan ta’minlanishiga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari va mehnat bozoridagi ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ularni munosib kasb egasi bo‘lishlariga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishlari uchun zarur sharoitlar yaratish doimo ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
✨ Yoshlar bandligi – taraqqiyot va farovon kelajak poydevori!

Slide 1 of 2