Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar “Saxovat” dehqon bozori atrofiga chiqib, hududdagi obodonlashtirish, tozalik va qurilish ishlari holatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida bozor atrofining sanitariya holati, piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda davom etayotgan qurilish ishlarining tartibli tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Ayrim hududlarda qurilish materiallarini tartibli joylashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va atrof-muhit ozodaligini saqlash zarurligi qayd etildi.

Fuqarolar va tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda hududni yanada obod qilish, bozor atrofiga ko‘rk bag‘ishlash hamda aholi uchun qulay muhit yaratish yuzasidan takliflar bildirildi. Mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tozalik ishlarini kuchaytirish va qurilish jarayonlarini belgilangan tartib asosida olib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bozor atrofi yanada zamonaviy va tartibli maskanga aylanishi uchun bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4