Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
#tavsiyalar_asosida_boz
#tavsiyalar_asosida_bozorlar

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati I. Ismatov, shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar shahardagi “Saxovat” dehqon bozorida bo‘lib, u yerdagi savdo jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda sotuvchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
 O‘rganish davomida bozor hududining sanitariya holati, mahsulotlar sifati, narx-navolar barqarorligi va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ham ko‘zdan kechirildi.

Sotuvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlar jarayonida asosiy muammolardan biri sifatida xaridorlar oqimining kamligi qayd etildi. Ularning taʼkidlashicha, bozorga olib boruvchi jamoat transporti qatnovlari yetarli emasligi sababli aholining ayrim qatlamlari bozorga kelishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Shu munosabat bilan sotuvchilar tomonidan yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish hamda mavjud qatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Deputatlar ushbu murojaatlarni atroflicha o‘rganib, transport boshqarmasi bilan hamkorlikda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini maʼlum qildilar. Shuningdek, bozor faoliyatini yanada rivojlantirish, savdo hajmini oshirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4