Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
#Doimiy komissiya yig‘ilishi

            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishida 2025–2026 o‘quv yili davomida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot eshitildi. Yig‘ilishda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda o‘quv jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari atroflicha
ko‘rib chiqildi. Ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza holati, raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi va ularning samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.Shuningdek,
o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish, yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni tizimga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. O‘quvchilar bilim darajasini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham alohida qayd etildi.
Majlisda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, yangi muassasalarni tashkil etish, mavjud bolalar bog‘chalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. 

   

Slide 1 of 5