Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Aholi salomatligi yo’lida dori-darmonlar sifati deputat tomonidan o’rganildi.

18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva, Qumrabot MFY raisi I.Sultonov tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlash maqsadida mahallada joylashgan dorixona faoliyati o’rganildi. O’rganish jarayonida aholiga taqdim etilayotgan dori vositalarining sifati, saqlash sharoiti hamda yaroqlilik muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dori-darmonlarni belgilangan tartibda saqlash, harorat rejimiga rioya etish, aholiga tavsiya etilayotgan dori vositalarining sertifikatlanganligi va xavfsizligi yuzasidan amaliy o’rganish ishlari olib borildi. Yaroqlilik muddati yaqinlashgan yoki o’tgan mahsulotlarning savdoga chiqarilmasligi bo’yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Deputat tomonidan aholi salomatligiga daxldor masalalar doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlanib, fuqarolarni sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, ularga to’g’ri xizmat ko’rsatish va sanitariya talablariga qat’iy amal qilish muhimligi qayd etildi.

O’rganish yakunida dorixona mas’ullari bilan muloqot o’tkazilib, aholiga yanada sifatli xizmat ko’rsatish, dori vositalarining xavfsizligi va shaffofligini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
 

Slide 1 of 1