Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat madaniyat muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

25-Baynalminal saylov okrugi  deputati X.Kalbayeva tomonidan olis hududda joylashgan Gazli madaniyat muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida muassasada aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Madaniyat muassasasida yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida turli madaniy tadbirlar va to’garaklar samarali yo’lga qo’yilganligi bo'yicha yoshlar bilan ochiq muloqod o'tkazildi. Ayniqsa, yoshlar o’rtasida milliy cholg’u asboblarini maromiga yetkazib ijro etish bo’yicha tashkil etilgan bellashuv yuqori saviyada o’tkazilib, unda iqtidorli va faol yoshlar o’z mahoratlarini namoyon etdilar.

Bellashuv yakunida g’olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib, bu kabi tadbirlar yoshlarning iste’dodini qo’llab-quvvatlash, ularni madaniyat va san’atga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Tashrif davomida deputat tomonidan muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, madaniy tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
 

Slide 1 of 1