Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”

   

                     Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Xaytoxunov hamda viloyat Kengashi deputati
O. Nosirovlar “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida manzilli dasturga kiritilgan Hamza MFYda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida mas’ullar tomonidan mahalla hududida yo‘llarni ta’mirlash, ichki ko‘chalarni asfaltlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ichimlik suvi va elektr ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarini tartibga keltirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan texnik talablar va muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda har bir bosqichni qat’iy nazoratga olish
zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda Hamza MFYda olib borilayotgan bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi doirasida aholining turmush darajasini oshirish, mahalla qiyofasini tubdan yangilash hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. 

   

Slide 1 of 3