Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Umumta’lim maktabining sport anjomlari bilan jihozlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanning “Ma’rifat” mahallasida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida maktab sport zali, ochiq sport maydonchasi hamda jismoniy tarbiya darslarida foydalanilayotgan sport jihozlarining holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, futbol, voleybol, basketbol to‘plari, gimnastika jihozlari va mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan boshqa anjomlarning yetarliligi tahlil qilindi.

🔵Deputat maktab rahbariyati va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan suhbat davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, mavjud kamchilik va ehtiyojlar yuzasidan fikr almashilib, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔵O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 5