Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Umumta’lim maktabining sport anjomlari bilan jihozlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tumanning “Chimboyliq” mahallasida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida maktab sport zali, ochiq sport maydonchasi hamda o‘quvchilar foydalanib kelayotgan sport jihozlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika va boshqa sport turlari uchun mavjud anjomlar holati, ularning yetarliligi va sifati tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi B.Bakirov bilan muloqot o‘tkazilib, o‘quvchilarning sportga qiziqishini oshirish, musobaqalar tashkil etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔵O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport jihozlaridan samarali foydalanish va o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Masala deputat tomonidan nazoratga olinadi.

Slide 1 of 6