Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Aholi murojaati — amaliy yechim bilan hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tashabbusi bilan “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘inidagi "Devonbegi" ko‘chasida yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur hudud aholisi tomonidan Devonbegi ko‘chasining ayrim qismlari yaroqsiz holga kelib qolgani, bu esa piyodalar va transport harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan deputatga murojaat qilingan edi.

Fuqarolar murojaati asosida deputat Sh.Rasulova tomonidan hudud joyiga chiqib o‘rganildi hamda muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida "Devonbegi" ko‘chasida asfalt yotqizish va yo‘lni ta’mirlash ishlari to‘liq amalga oshirildi. Hozirgi kunda mazkur ko‘chada transport qatnovi va piyodalar harakati uchun ancha qulay sharoit yaratildi.

Mahalla aholisi murojaatga qisqa muddatda e’tibor qaratilib, muammo ijobiy hal etilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Ta’kidlanganidek, hududlarda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni amaliy hal etish hamda mahallalarni obod va qulay maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4