Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)

AYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI

(Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich Boburshoh MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida hududda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Boburshoh MFY binosining bir qismida olib borilayotgan ichki ta’mirlash ishlari bilan tanishildi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi. Mazkur xonada kelgusida konditerlik sexi tashkil etish rejalashtirilgani qayd etildi. Ushbu loyiha mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlari bilan qamrab olish hamda oilalar daromadini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, tashrif davomida mahalladagi nuroniylar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Slide 1 of 8