Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Zarbdorda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi

Haftaning har payshanba kuni yurtimizda yoshlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Bu amaliyot yoshlar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Zarbdor tuman bo‘limi boshlig‘i T.Qodirov tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning ta’lim jarayoni, kasb-hunar egallashi, bandlik masalalari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, har bir murojaatni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1