Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Termizda yangi Mikrosanoat markazi barpo etilmoqda

🏛 Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi davlat dasturlari va «yo‘l xaritalari» ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🤝 O‘rganish ishlarida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Kravchenya, shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi deputati A.Mustafakulov ishtirok etdilar.

🏭 Deputatlar Termiz shahrining «Surxon sohili» mahallasida temirchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan «Mikrosanoat markazi» qurilishi bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Nimalar o‘rganildi?

🔹 Loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;

🔹 Qurish va rekonstruksiya ishlarining sifati;

🔹 Ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilish holati.

🏗 Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, markaz qurilishi uchun belgilangan mablag‘lar yo‘naltirilgan va jarayon reja asosida davom etmoqda. Deputatlar tomonidan ishni sifatli yakunlash va kelgusida yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Maqsad — sanoatni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash!

Slide 1 of 6