Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
Oltiariq tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi

 Oltiariq tumanida aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi 

Oltiariq tumanining Quvurboshi mahallasi hududida aholi xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlar, yongʻin hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mahallabay va xonadonbay profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida masʼul xodimlar va hududdan saylangan tuman Kengashi deputati R.Holboboyevlar tomonidan xonadonlar uyma-uy yurib chiqilib, fuqarolarga gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, isitish pechlari hamda tutun chiqarish tizimlarini soz holatda saqlash, nosoz va qoʻlbola isitish vositalaridan foydalanmaslik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, is gazining inson hayoti uchun xavfi, uning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻrganishlarda aniqlangan kamchiliklar, jumladan, tutun yoʻllarining toʻsilib qolganligi, gaz jihozlarining notoʻgʻri oʻrnatilganligi hamda elektr simlaridagi nosozliklar mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etildi.  

Slide 1 of 7