Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИДА ДОИМИЙ КОМИССИЯЛАР ЙИҒИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁҒИНГАРЧИЛИК ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ЭЗГУ ТАШАББУС — ОИЛАГА МАДАД
янв.21
КЎЧАЛАРДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ АҲОЛИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ раиси Равшан Раҳмонжонович Мамажонов томонидан Қўрик маҳалласида фуқаролар қабули ўтказилди.
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Депутат сўрови юборилди
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi

“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga "Shodlik" saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimov tuman Kengashi deputati J. Donayev bilan hamkorlikda “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, fuqarolar bilan ishlash, muammoli oilalar bilan individual ishlash holatlari, shuningdek voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan mavjud muammolar tahlil qilinib, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4