Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hazorasp tuman Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi
Deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputat S.Ikromov o‘rganishlar davomida Termiz tumani “Sabzipoya” mahallasida joylashgan “Termiz industrial parki” MChJda yuqori texnologiyali metallni issiq galvanizatsiya qilish loyihasi holati ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur loyiha doirasida rejalashtirilgan qurilish va ishlab chiqarish ishlari hozirgi kunga qadar boshlanmaganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan loyihaning bugungi kundagi holati, ishlarning nega boshlanmaganligi sabablari hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3