Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati X.Pulatov "Ahmad Yassaviy" mahallasi aholisi murojaatlari asosida tegishli tashkilotga deputatlik so'rovi yubordi.

Murojaatda quyidagi muammolar ko‘tarilgan:

1️⃣ Yo'l va infratuzilma holati: "Suv bo'yi" ko'chasidagi yaroqsiz asfaltni ta'mirlash, metroga o‘tish yo‘lini tiklash va to'planib qolayotgan suv muammosini hal etish.

2️⃣ Ekologik va hududiy tartib: 10-uy yonida qurilayotgan mehmonxona hududidagi va kanal bo'yidagi qurilish chiqindilarini tozalatish.

✔️ Ma'lumot uchun: Deputat so'rovi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo'lib, amaldagi tartibda belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishi kerak.