Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Hazorasp tuman Axborot-kutubxona markazida o‘rganish ishlari olib borildi
Og‘ir hududlar obod manzillarga aylanmoqda

Romitan tumanidagi Urganjiyon, Bog‘iturkon va O‘ba mahalla fuqarolar yig‘inlari og‘ir hudud sifatida tanlab olinib, aholi muammolarini hal etish va turmush sharoitini tubdan o‘zgartirishga kirishilgan edi.

Bog‘iturkon mahallasida og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholiga munosib sharoit yaratish maqsadida 1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida infratuzilmani yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, odamlar turmush darajasini oshirish bilan birgalikda keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman rahbari mahallani toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tekis, ravon yo‘llar qurish, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etish, aholi bandligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishli korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi va bu boradagi ishlar hududlarda boshlab yuborildi.

Slide 1 of 1