Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputati Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich o‘z okrugidagi “Qo‘shshukr” MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahalla ayollari o‘rtasida mavjud muammolar, ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha chiroqlarini yoritish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6