Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.
янв.21
Hazorasp tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa.
янв.21
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Bo‘ston mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
Hazoraspda mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
янв.21
Hazorasp tumanida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat, I.G‘ofurov Obod mahallasida mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi hamda saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat, I.G‘ofurov Obod mahallasida mahalla yettiligining faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish,
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan vazifalar ham belgilab olindi.
 

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tuman tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi hamda deputatlik nazorati o‘rnatili belgilab olindi. 

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 3