Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Yangi davr mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati N.Turdiyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Yangi davr mahallasi profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash maqsadida hududga qo‘shimcha 4 dona kuzatuv kamerasini o‘rnatish va mavjud kuzatuv kameralarini profilaktika inspektori xonasiga ulash yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur takliflarni amalga oshirish orqali mahallada xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 3