Jańalıqlar

📢 SAYLOVCHILAR BILAN BEVOSITA MULOQOT TASHKIL ETILDI

📢 SAYLOVCHILAR BILAN BEVOSITA MULOQOT TASHKIL ETILDI
“Fayzobod” MFY hududidagi saylov okruglarida tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov ushbu uchrashuvlarni shaxsan muvofiqlashtirib, muloqot jarayonlarida ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga oid takliflar tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolgan masalalar ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq choralar belgilandi. “Saylovchilar bilan doimiy muloqot — faoliyatimizning bosh mezoni”, — deya taʼkidladi B.Amanov.

Slide 1 of 3