Jańalıqlar

BAXMALDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

BAXMALDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Baxmal tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev, tuman hokimi o'rinbosari,nuroniylar,mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, aholi uchun daromad manbalarini yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, nuroniylarning hayotiy tajribasi va maslahatlaridan foydalanish, mahallalarda aholi bilan manzilli ishlash hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4