Jańalıqlar

Doimiy_komissiya_faoliyati

DOIMIY KOMISSIYA QARORI: IJTIMOIY YORDAM MABLAGʻLARI QAYTA TAQSIMLANADI
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya”si navbatdagi qarorini qabul qildi.
Qaror mazmuni va asoslari: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori S.Allayarovning murojaatiga muvofiq, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va ehtiyojlari tahlil qilindi.
Mablagʻlarni qayta taqsimlash: "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlarini manzilli yoʻnaltirish maqsadida:
Yangi Zamin mahallasiga ajratilgan mablagʻdan: 15 mln soʻm;
Muxabbat mahallasiga ajratilgan mablagʻdan: 15 mln soʻm kamaytirilib; Hozirda ehtiyoji yuqori boʻlgan Navbahor mahallasiga oʻtkazilishi maʼqullandi
Ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va muammolarni tezkor hal etish doimiy eʼtiborda!