#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi.
📝 Majlisda Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
📊 Mazkur masala yuzasidan Sherobod tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i Z. Ortiqovning hisoboti tinglandi.
💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, takliflar o‘rtaga tashlandi. Bildirilgan fikrlar asosida masala atroflicha muhokama qilindi.
✅ Yakunda ko‘rib chiqilgan masala Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube